Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari sanasi ma'lum bo'ldi

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qaroriga muvofiq:

2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda 2020 yil 8-20 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. 

Imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.

Manba: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi