Akademik litseylarda saralash imtihonlari natijalari e'lon qilinmoqda

Yangiliklar

2020/2021 o‘quv yili uchun akademik litseylarda saralash imtihonlari 7-15 sentyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan edi.
20020/2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 50 000 nafarga yaqin bitiruvchilarini akademik litseylarga qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlari boshlandi.
2020 yil 7-15 sentyabr kunlari 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari huzuridagi mavjud 65 ta akademik litseylarda belgilangan grafik asosida, bir smenada ertalab 8:00dan 10:00ga qadar ta’lim muassasasi hududida joylashgan sport maydon(plats)larda, barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda saralash imtihonlari o‘tkazilishi belgilangan.
Saralash imtihonlari yakunlangan akademik litseylarda natijalar tegishliligi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida hamda Litsey qabul-2020/2021 (https://t.me/LitseyAdmission2020) telegram kanalida e’lon qilib borilmoqda.