Magistraturaga kirish test sinovlarida ishtirok etmagan abituriyentlarga qayta imtihon o`tkaziladi

Yangiliklar

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim  vazirligi respublika OTMlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 2020 yil 22 sentabr kuni soat 10:00da onlayn test sinovlari o‘tkazilishini maʼlum qildi.

Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abituriyentlar 2020 yil 21 sentabr kuni soat 10:00dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.

Ushbu toifadagi abituriyentlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan 22 sentabr kuni soat 09:30ga qadar yetib kelishlari talab etiladi.