Uzluksiz taʼlim tizimida fan dasturlarining takomillashtirish 

Tadbirlar

                                        
2020-yil 24-sentyabr kuni Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazida uzluksiz taʼlim tizimda fan dasturlarining mazmun mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi 
va uzviyligini taʼminlash hamda bitiruvchilarda shakllanishi zarur boʻladigan yetarli bilim, koʻnikma va kompetentsiya darajasini aniq belgilash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazort qilish inspeksiyasi (O.Qoʻysinov), Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xodimlari hamda mazkur yoʻnalish boʻyicha tuzilgan idoralararo ishchi guruh aʼzolari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
    Mazkur yigʻilishda taʼlimning barcha bosqichlarida fan dasturlarini tahlil qilish, ularning oʻzaro mutonosibligini taʼminlash maqsadida  uzluksiz taʼlim tizimida oʻqitiladigan 21 ta fan kesimida dasturlarni tahlil qilinishi hamda ularning uzviyligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish kelishib olindi.