Yangi professional ta'lim tizimining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Yangiliklar

2020 yil 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Kasb va mutaxassislik egallash istagida bo‘lgan yoshlar professional ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida» matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida qayd etildiki, joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 339 ta kasb-hunar maktabi, 201 ta kollej va 185 ta texnikum tashkil etiladi. Yangi professional ta’lim muassasalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 3 ta toifaga bo‘linadi.

Kasb-hunarmaktablari. Ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga moskeluvchidasturlarasosida 9-sinf bitiruvchilaritarkibidanyoshlarningboshlang‘ich professional ta’limolishinita’minlaydi.
Kollejlarda ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi dasturlari asosida o‘rta professional ta’lim kasb egalari tayyorlanadi.
Texnikumlar. Ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan bo‘lib oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat ko‘rsatadi.
Yangi tizimning asosiy prinsipi - avval ish o‘rni aniq bo‘ladi, ish beruvchi o‘zining malaka talablarini, shu kasbning ilmini, o‘qitish texnologiyasini beradi, shundan keyingina mutaxassis tayyorlanadi. Shundan kelib chiqib, endi kasb-hunar ta’limi tizimida ta’lim shakli ham, mazmuni ham, prinsiplar ham mutlaqo o‘zgardi.

2020/2021 o‘quv yili uchun kollejlarga jami 81325 nafar, shundan davlat granti asosida 12762 nafar, to‘lov-kontrakt asosida 68563 nafar abituriyentlarni qabul qilish, texnikumlarga esa jami bo‘lib70048 nafarni, shundan 9199 nafari davlat granti asosida, 60849 nafar to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish rejalashtirilgan.Bugungi kunga kelib, kollejlarga jami 86316 nafar, texnikumlarga esa 122206 nafar abituriyent hujjatlarini onlayn platformalar orqali topshirgan.

Professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 71-246-11-92«Koll markaz» hamda respublika hududlarida fuqarolarga professional ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida ham «Koll markaz»lar tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Davlat test markazi, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, Toshkent shahridagi texnikumlar direktorlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.