Markaz haqida

Markaz vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi negizida tashkil etilgan.

OTMlar faoliyatida o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, ta’lim jarayoni sifatini izchil oshirib borish, o‘qitishning samarali shakllarini va usullarini hamda zamonaviy AKTni joriy etishga ko‘maklashish markazning vazifalaridan biridir.

Qaror bilan markazga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda qator masalalar bo‘yicha OTMlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish huquqi berildi.

Jumladan, markaz oliy ta’lim tizimiga tegishli qat’iy nazoratdagi, davlat namunasidagi hujjatlarni nashrga tayyorlaydi va ular bilan OTMlarni ta’minlaydi.