Vazir Abduqodir Toshqulov Samarqand davlat chet tillar institutidagi istiqbolli rejalar bilan tanishdi

E'lonlar

Joriy yilning 19-aprel kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lib, o’quv jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Vazir Abduqodir Toshqulov tashrifi chog‘ida kelgusida institut talabalarining sifatli ta’lim olishlari, axborot resurs markazlaridan unumli foydalanishlari hamda istiqomat qiladigan joylarining yaxshilanishi borasida amalga oshiriladigan barcha ishlarda astoydil qo’llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Bundan tashqari Abduqodir Toshqulov yangidan qurilishi rejalashtirilayotgan 3 qavatli Axborot-resurs markazi hamda 600 o’ringa moslashgan talabalar turar joyi, shuningdek, to’liq qayta ta’mirdan chiqarilishi ko’zda tutilayotgan  200 o’ringa moslashgan talabalar turar joyi binosi va 4 qavatli 1000 o’ringa moslashgan o’quv binolarining loyihalari, bino inshootlarining quriladigan joylari bilan yaqindan tanishdi hamda o’zining taklif va mulohazalarini bildirib o’tdi.

 

 

 

SamDCHTI Axborot xizmati