LONDONDAGI VA TOShKENT ShAHRIDAGI XALQARO VESTMINSTER UNIVERSITETI REKTORLARI O‘RTASIDA UChRAShUV BO‘LIB O‘TDI

Ma'lumotlar

Joriy yilning 18 fevral kuni Londondagi Vestminster universiteti rektori Piter Bonfild va Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti rektori Komiljon Karimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida Piter Bonfild yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, inson salohiyati, shuningdek, rahbariyat tomonidan oliy hamda professional ta’lim sohalari rivojiga qaratilayotgan e’tiborni alohida ta’kidladi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida yuqori ta’lim sifatini ta’minlagan holda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi. Mazkur hujjatga asosan, TXVUda moliya texnologiyalari, biznes menedjment va marketing yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, inson resurslarini boshqarish va ma’lumotlar analizi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik dasturlarini joriy qilinadi.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida davlat xizmatchilari, tadbirkor va jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kurs va treninglarini tashkillashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.