Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

Boʻlimning maqsadi va asosiy vazifalari

Boʻlimning maqsadi: Markazda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishini tashkil etish, axborot makonini yaratish va rivojlantirishdan iborat.

Boʻlimning vazifalari:

  • Markazdagi kompyuterlar, nusxa koʻpaytirish, skaner, printer va boshqa axborot-kommunikatsiya jihozlarining meʼyoriy ishlashini nazorat qilish, taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazib turishni nazorat qilish, shuningdek, kompyuterlar zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • Markazda Internet tarmoqlari, (e-mail) elektron pochta xizmatlarining talab darajasida ishlashi, xabar va yangiliklarni oʻz vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
  • Markazda axborot tizimlari resurslari va maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini taʼminlash;
  • Markaz oshkor qilib boʻlmaydigan (konfidensial) maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi axborotlarlarning toʻliq saqlanishini taʼminlash;
  • kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish, ofis dasturlarini oʻrnatish va yangilab borish;
  • Mavjud kompyuterlarga zaruriy dasturiy vositalarni oʻrnatish hamda kompyuter texnika vositalariga xizmat koʻrsatish;
  • Markazda xodimlarning internet tarmogʻidan samarali foydalanishini tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilish:
  • Markaz binosidagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, svichlar) doimiy ishlab turishini taʼminlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
  • Kompyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini oʻrnatish va ularning yangilab borilishini taʼminlash;
  • Markaz binolariga oʻrnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;
  • Tarkibiy boʻlinmalarga lokal tarmoqning texnik va dasturiy vositalari boʻyicha uslubiy va texnik yordam koʻrsatish;
  • Internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • Markazning rasmiy veb-saytini yaratish va elektron pochta xizmatini takomillashtirish hamda doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash;
  • Tarkibiy boʻlinmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni elektron pochta xizmati bilan taʼminlash va ularni elektron pochtadan toʻgʻri foydalanishlarini kuzatib borish;
  • Rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va Markaz faoliyatiga oid maʼlumotlar hamda yangiliklar bilan oʻz vaqtida boyitib borish;
  • Veb-sayt orqali koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlarning doimiy ishlab turishini va yangilanib borilishini taʼminlash;
  • Markazda joriy etilgan elektron hujjatlar almashinuvi tizimidan samarali foydalanishni nazorat qilish;
  • Markaz xodimlarini axborot xavfsizligiga paydo boʻlayotgan tahdidlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish boʻyicha konsultatsiya xizmatlari koʻrsatish.

 

Boʻlim tarkibi Markazning tuzilmasi va shtat jadvaliga asosan 2 nafar xodim (boʻlim boshligʻi va bosh mutaxassis)dan  iborat. Boʻlim faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Markaz Ustavi va  ichki tartib qoidalari, Boʻlim Nizomi, shuningdek, Markaz va boʻlimning ish rejalari asosida tashkil etiladi. Boʻlimning ish rejasi Markazning ish rejasi asosida shakllantiriladi hamda Markaz rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Boʻlim xodimlarining shaxsiy ish rejasi Boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Bo’lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar:

Veb sayt va platformalar:

  1. www.devedu.uz – Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi rasmiy veb sayti AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.
  2. www.edujournal.uz – “O’zbekistonda oliy ta’lim” jurnali rasmiy veb sayti AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.
  3. www.esijournal.uz – “Ta’lim, fan va innovatsiya” jurnalining rasmiy veb sayti AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.
  4. vacancy.devedu.uz – Markaz vakansiyalari uchun onlayn ariza topshirish platformasi AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.
  5. adabiyot devedu uz – Markaz tomonidan yaratilgan o’quv qo’llanmalarni elektron bazasi 
    (ishlab chiqish ishlari davom etmoqda)
  6. Study in Uzbekistan maxsus veb portali (ishlab chiqish ishlari davom etmoqda)

 

Telegram botlar:

  1. @EduJournalBot Oʻzbekistonda oliy taʼlim jurnali boʻyicha murojaatlar va maqola yuborish uchun AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.
  2. @esijournalbot – Taʼlim, fan va innovatsiya jurnali boʻyicha murojaatlar va maqola yuborish uchun AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.
  3. @VacancyDeveduBot – vacancy.devedu.uz platformasi murojaatlar uchun AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.
  4. @DevEduTakliflarBot – Markazga kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish uchun AKT bo’limi tomonidan yaratilgan.

 

Dasturiy-texnik ishlar:

  1. Markaz xodimlarini xavfsiz ma’lumot almashishni ta’minlash maqsadida jami 51 ta korporativ pochta yaratilgan.
  2. Markaz xodimlarini ish samaradorligini oshirish va aloqani ta’minlash maqsadida 25 dona IP telefon hamda xodimlar ichk telefon raqami ishlamoqda.
  3. Markazdagi server, kommutatorlar, UPS va qurulmalarni sozlamalari tashkil etildi va domiy nazorat qilib borilmoqda.

 

Dizayn ishlari:

  1. Markaz faoliyatini yoritib beruvchi Infografikalar, taqdimotlar va boshqa media kontetlar tayyorlash
  2. Markaz ramzi(logosi) ishlab chiqilgan.
  3. “O’zbekistonda oliy ta’lim” jurnalining dizayn maketini tayyorlash, tahrirlash va sahifalash.
  4. Veb sayt va ijtimiy tarmoqlar uchun posterlar tayyorlash

 

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifa va kanallardagi ishlari:

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: (Barcha sahifalar AKT bo’limi tomonidan yuritiladi)

• Facebook.com/deveduuz
• Instagram.com/devedu.uz
• Youtube.com/@deveduuz
• Telegram t.me/deveduuz

“O’zbekistonda oliy ta’lim” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: (Barcha sahifalar AKT bo’limi tomonidan yuritiladi)

• Facebook.com/edujournal.uz
• Instagram.com/edujournal.uz
• Youtube.com/@edujournaluz
• Telegram t.me/edujournal_uz

“Ta’lim, fan va innovatsiya” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: (Barcha sahifalar AKT bo’limi tomonidan yuritiladi)

• Facebook.com/esijournal.uz
• Instagram.com/esijournaluz
• Telegram t.me/esijournal_uz