2023-yil uchun quyidagi kvotalar boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilinadi:
Ixtisoslik shifri va nomi | Doktorantura
(DSc) |
Tayanch doktorantura
(PhD) |
Maqsadli doktorantura | |
DSc | PhD | |||
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi | – | 2 | – | 2 |
13.00.07-Ta’limda menejment | 1 | 1 | – | – |
Tayanch doktoranturaga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda);
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
– IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar (mavjud boʻlsa)
– Pasport nusxasi.
Doktoranturaga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda);
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
– tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2022-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda qabul qilinadi.
Manzilimiz: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shifonur ko‘chasi, 75-uy.
Telefon: +99871 207 03 43 (104)