Bo’limlar

Oʻquv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish boshqarmasi

Zaripov Lochin Rustamovich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (105 ichki raqam)

Email: @devedu.uz

Qabul kunlari: Payshanba 15:00-17:00

Nizom >

Taʼlim dasturlarini takomillashtirish bo‘limi​

Tohirov Zufar Muzaffar o‘g‘li

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon:  998(71) 207-03-43 (ichki raqam 115)

Email: dts@devedu.uz

Qabul kunlari: Chorshanba 15:00-17:00

Nizom >

Taʼlim samaradorligini tadqiq qilish bo‘limi​

F.I.O

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon:  998(71) 207-03-43 (ichki raqam 128)

Email: ts@devedu.uz

Qabul kunlari: Sesh 15:00-17:00

Nizom >

Taʼlim tashkilotlari faoliyatini
monitoring qilish bo‘limi

Mamataliyev Toʻlqin Xushmamat oʻgʻli

Bo’lim boshlig’i

Telefon:  998(71) 207-03-43 (ichki raqam 113)

Email:  nazorat@devedu.uz

Qabul kunlari: Sesh 15:00-17:00

Nizom >

Taʼlim jarayonlarini metodik taʼminoti boshqarmasi ​

Esanov Muzaffar Xoshimovich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: +998(71) 207-03-43 (101)

Email: m.esanov@devedu.uz

Faks: +998(71) 207-03-43 (101)

Qabul kunlari: Dush – Chor 15:00 – 17:00

O‘quv adabiyotlari bilan ishlash bo‘limi

Mamajonov Islomjon Imomali o‘g‘li

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: 998(71) 207-03-43 (ichki raqam 108)

Email:   book@devedu.uz

Qabul kunlari: Chorshanba 15:00-17:00

Nizom >

Oliy taʼlim sohalarining davlat taʼlim standartlari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlariga mos oʻquv adabiyotlarni yaratish nashrga tayyorlash hamda nashr etish jarayonini tashkillashtirishdan iborat.

– oʻquv rejalari va fan dasturlarida tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik monitoringini tahlili natijasida shakllantirilishi zarur boʻlgan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini takomillashtirish, sifatini oshirish, raqobatbardoshlikka erishish, xorijda chop etilgan oʻquv adabiyotlarini oʻrganish, tahlil qilish va tarjima qilishni tashkil etish;

– oliy taʼlim muassasalarining oʻquv adabiyotlarini yaratish faoliyati bilan bogʻliq ilmiy-uslubiy, tashkiliy-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish;

– oliy taʼlim muassasalarini darslik, elektron darslik, oʻquv qoʻllanma va dasturlarini yaratishdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish.

Axborot-resurs markazlari faoliyatini
monitoring qilish bo‘limi

Mamarasulov Maxmud Jumaboyevich 

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (ichki raqam 120)

Email: arm@devedu.uz

Qabul kunlari: Payshanba 15:00-17:00

Nizom >

Davlat oliy taʼlim muassasalarini axborot-resurs markazilariga umumiy, tashkiliy-metodik rahbarlik, ularning ishlarini muvofiqlashtirish,  kutubxonachilik borasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oliy taʼlim tizimishga tadbiq etishdan iborat.

 

Бўлимнинг мақсади. Давлат олий таълим муассасаларини ахборот-ресурс марказиларига умумий, ташкилий-методик раҳбарлик, уларнинг ишларини мувофиқлаштириш,  кутубхоначилик борасидаги илғор хорижий тажрибаларни олий таълим тизимишга тадбиқ этишдан иборат.

Бўлимнинг вазифалари:

– давлат олий таълим муассасаларининг ахборот-ресурс марказлари фаолиятини такомиллаштиришга кўмаклашиш ва фаолиятини мувофиқлаштириш, янги ахборот технологияларини жорий этиш;

– чет эл тажрибаларини ўрганган ҳолда олий таълим муассасаларининг ахборот-ресурс марказлари фаолиятини янада такомиллаштириш, адабиётлар билан таъминланганлик ҳолатини мониторинг қилиш;

– олий таълим муассасалари ахборот-ресурс марказларида меҳнат шароитларини яхшилаш, салоҳиятли кадрлар билан таъминлаш бўйича таклиф-тавсиялар ишлаб чиқиш, шунингдек, фаол, фидоий ахборот-ресурс марказлари ходимларини давлат мукофотларига тавсия этиш.

 Бўлим томонидан қуйидаги йўналишларда тадқиқотлар олиб борилмоқда:

  1. Ахборот-ресурс марказларини замонавий автоматлаштирилган кутубхона тизимлари билан таъминлаш;
  2. Электрон ўқув адабиётларини яратиш тизимини такомиллаштириш;
  3. Олий таълим муассасалари ахборот-ресурс марказларидаги ноёб адабиётлардан самарали фойдаланиш;
  4. Жаҳон илмий-таълимий манбаларидан самарали фойдаланишни ташкил этиш.

Qatʼiy hisobdagi hujjatlar bilan ishlash bo‘limi

Toshpulatov Odil Nodirovich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: 998(71) 207-03-43 (ichkiraqam 117)

Email: diplom@devedu.uz

Qabul kunlari: Juma 15:00-17:00

Nizom >

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasidagi guruh jurnallari, talabalik guvohnomasi, talabalar baholash daftarchasi hamda davlat namunasidagi qatiy hisobdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy taʼlim muassasalarini taʼminlashni tashkil etishdan iborat.

– oliy va oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirishni tashkil etish va rasmiy hujjatlarni qatʼiy hisobini yuritish boʻyicha huquqiy-normativ asoslarini takomillashtirish;

– taʼlim muassasalari  tomonidan  real  bitiruvchilar  sonini  hisobga olgan xolda bitiruvchilarning diplomlarga boʻlgan extiyojini shakllantirish, diplomlar blankalari, guruh jurnallari, talabalik guvohnomasi va baholash daftarchasi bilan taʼminlashni tashkil etish;

– davlat   namunasidagi   qatʼiy    hisobdagi    hujjatlarni  aniqlash va dublikatlarni rasmiylashtirish,  taʼlim muassasalarining buyurtmalari asosida chop etishni tashkil etish.

 

Boʻlim tomonidan quyidagi ishlar olib borilmoqda:

  1. Diplom dublikatlarini berishda joriy qilingan yangi tartibga muvofiq, diplom dublikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish;
  2. Bitiruvchilarga beriladigan diplom blankalari bilan oliy taʼlim muassasalari va akademik litseylarni taʼminlash;
  3. Taʼlim muassasalari tomonidan berilgan diplomlarni diplom maʼlumotlar bazasiga joylashtirilishini nazorat qilib borish;
  4. Diplom haqiqiyligini tasdiqlab berish yuzasidan xorijiy davlatlardan kelgan soʻrovlarga javob berish.

 

Oliy taʼlim tadqiqotlari va statistik tahlil boshqarmasi

Axmedov Tuychi Adashevich

Boshqarma boshlig‘i

Vakant

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (104 ichki raqam)

Email: @devedu.uz

Qabul kunlari: Dushanba 15:00-17:00

Nizom >

Xalqaro hamkorlik va xorijiy tajribani
tadqiq qilish bo‘limi

 

Xurramov Musurman Keldiyorovich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: 998(71) 207-03-43 (ichki raqam 106)

Email:  xorij@devedu.uz

Qabul kunlari: Juma 15:00-17:00

Nizom >

oliy taʼlimga oid soʻnggi xalqaro tendensiyalarni oʻrganish,ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Boʻlimning maqsadi oliy taʼlimga oid soʻnggi xalqaro tendensiyalarni oʻrganish,ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

 

Boʻlimning vazifalari:

– oliy taʼlimga oid ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;

– oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish, ularga texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi markazlari, startap loyihalari hamda akseleratorlarni tashkil etishga metodik koʻmaklashish;

– oliy taʼlim tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan xorijiy markazlar, tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda qoʻshma tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

 

Boʻlim tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:

  1. Ichki va tashqi akademik mobillikni amalga oshirish;
  2. Oliy taʼlim muassasalari faoliyatini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish;
  3. Oliy taʼlim muassasalarida sertifikat taʼlim dasturlarini joriy etish;
  4. Oliy taʼlimdagi zamonaviy trendlar;
  5. Oliy taʼlim muassasasi boshqaruvida talabalar ishtiroki.

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari natijalarini
ommalashtirish bo‘limi

Sabriev Alisher Asliddinovich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: 998(71) 207-03-43 (ichki raqam 125)

Email: press@devedu.uz

Qabul kunlari: Payshanba 15:00-17:00

Nizom >

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi​

Rasulov Sherzod Ashirovich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (ichki raqam: 109)

Email: iqtidor@rmedu.uz

Qabul kunlari: Dushanba 15:00-17:00

Nizom >

Oliy taʼlim tizimida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini namoyon etish, rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda mavjud ilgʻor tajribalarni taʼlim jarayoniga ommalashtirishdan iborat.

– talabalar oʻrtasidagi fan va xalqaro olimpiadalarini tashkil etish hamda oʻtkazish, shuningdek, xalqaro fan olimpiadalarda talabalarning ishtirokini taʼminlashni tashkil etish;

– oliy taʼlim muassasalarida iqtidorli va isteʼdodli talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish;

– iqtidorli yoshlar qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish maqsadida tadbirlar tashkil etish, tashkiliy sharoitlar yaratishga koʻmaklashish hamda talabalar ijodiy va ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

 Boʻlimda quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat olib borilmoqda:

  1. Fan va xalqaro olimpiadalarni tashkil etish;
  2. Oliy taʼlim muassasalarida intellektual salohiyatni oshirish;
  3. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

Umumiy bo‘lim

Xolmirov Begali Abduxamidovich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: 998 (71) 207-03-43 (ichki raqam 124)

Email:  info@rmedu.uz

Qabul kunlari: Sesh 15:00-17:00

Nizom >

Moliya va xo‘jalik bo‘limi

Axmedov Umidjon Ozodovich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (ichki raqam 110)

Email: buxgalteriya@devedu.uz

Qabul kunlari: Payshanba 15:00-17:00

Nizom >

Markazda buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish.

Buxgalteriya hisobini Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;

Markaz apparatini saqlash va markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan xarajatlar uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun byudjet soʻrovlarini tayyorlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

Markaz apparatini saqlash, markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi, roʻyxatdan oʻtkazadi, shuningdek, ularning ijrosi nazoratini tashkillashtiradi;

Markazda pul mablagʻlari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qiladi, hisob-kitoblar va toʻlov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi;

buxgalteriya hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi;

byudjet mablagʻlarini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʻlarni xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan muayyan maqsadlarga toʻgʻri sarflanishi, shuningdek, pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;

Markazda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini belgilangan tartibda hamda oʻz vaqtida hisoblab chiqilishini taʼminlaydi;

smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshiradi;

pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashadi, inventarizatsiya natijalarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;

moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʻtkazadi;

moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritadi va ulardan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qiladi;

asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qiladi;

buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini taʼminlaydi;

belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishi va kreditorlik qarzning qaytarilishi boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻradi, toʻlov intizomiga muntazam rioya etadi;

Oʻzbekiston Republikasi Moliya vazirligining “Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida”gi buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizomga (Adliya vazirligida 2004-yil 29-avgustda 1401-son bilan roʻyxatga olingan) asosan Markazdagi yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish boʻyicha rahbariyatga taklif kiritadi;

moliya va buxgalteriya hisobiga oid tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarning bajarilishini taʼminlaydi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

Gaziyev Saidjalolxon Saydaliyevich

Bo‘lim boshlig‘i

Telefon: 998(71) 207-03-43 (ichki raqam 112)

Email: akt@devedu.uz

Qabul kunlari: Chorshanba 15:00-17:00

Nizom >

Markazdagi kompyuterlar, nusxa koʻpaytirish, skaner, printer va boshqa axborot-kommunikatsiya jihozlarining meʼyoriy ishlashini nazorat qilish, taʼmirlash va koʻrikdan oʻtkazib turishni nazorat qilish, shuningdek, kompyuterlar zahirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

– markazda Internet tarmoqlari, (E-mail) elektron pochta xizmatlarining talab darajasida ishlashi, xabar va yangiliklarni oʻz vaqtida qabul qilinishi, tarqatilishini nazorat qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash;

– kompyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish, ofis dasturlarini oʻrnatish va yangilab borish;

– markaz binosidagi mavjud tarmoq qurilmalarini (serverlar, svichlar) va oʻrnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlab turishini taʼminlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;

– internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish;

– markazning rasmiy veb-saytini yaratish va elektron pochta xizmatini takomillashtirish hamda doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash.

 

Bosh yuristkonsult

Aliqulov Doniyor Shuhrat o‘g‘li

Bosh yuristkonsult

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (ichki raqam: 119)

Email: yurist@devedu.uz

Qabul kunlari: Payshanba 15:00-17:00

Nizom >

Markazning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashini tashkil etish, Markazda ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, Markaz xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, yetkazish, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Markazning mulkiy va boshqa manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashdan iborat.

Markazda huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlaydi;

Markaz tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ- huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib boradi;

Markaz xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazadi;

shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, Markazning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi.

Markazda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

Markaz rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga Bosh yuristkonsult tomonidan boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan Markazning qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;

mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda Markazning buyruqlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

Markaz boshqaruv tizimini takomillashtirish, Markaz tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Markazda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

Markaz rahbariyatiga tizimdagi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;

Markaz xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;

Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Markazning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;

Markazga kelib tushgan va o‘zi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlaydi;

Markaz, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;

boshqa tuzilmalar bilan birgalikda Markaz tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi.

shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

Markaz tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Markazning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda Markaz mulkining talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi.

Bosh yuristkonsult qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Devonxona

Karamanov Asqar Narziqul o‘g‘li

Bosh mutaxassis 

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (ichki raqam 114)

Email: info@devedu.uz

Qabul kunlari: Chorshanba 15:00-17:00

Nizom >4