Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi   

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori asosida faoliyat yuritadi. 

     Markaz davlat muassasasi boʻlib, uning faoliyati quyidagilarga yoʻnaltirilgan:

– oliy taʼlim muassasalari faoliyatida ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullaridan keng foydalanish asosida oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, taʼlim jarayoni sifatini izchil oshirib borish, oʻqitishning samarali shakllari va usullari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashish;

– oliy taʼlim muassasalarining respublika hamda xalqaro reytingini oshirib borish choralarini koʻrish, ularga texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi markazlari, startap loyihalari hamda akseleratorlarni tashkil etishga metodik koʻmaklashish;

– oliy taʼlim muassasalarida tegishli tarmoq, soha va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va koʻrsatkichlarini tahlil qilish va prognozlashtirish;

– masofadan oʻqitish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud boʻlgan taʼlim shakllarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

– oliy taʼlim tizimi faoliyatini ilmiy-metodik taʼminlash, sohaga oid ilgʻor xorijiy tajriba asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; – taʼlim dasturlariga kiradigan barcha fanlar boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish;

– oliy taʼlim sohasidagi huqukiy va metodik hujjatlar hamda davlat namunasidagi qatʼiy nazoratdagi hujjatlar hisobini yuritish, elektron bazani shakllantirish va ular bilan oliy taʼlim muassasalarini taʼminlash;

– oliy taʼlim tizimining davlat taʼlim standartlari, malaka talablarini, talabalar mustaqil taʼlimi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni uzluksizligini metodik jihatdan taʼminlash;

– davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashning hukuqiy va metodik asoslarini oʻrganish, ushbu sohadagi ishlarni jadallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; – oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-tadkiqot muassasalari, potensial ish beruvchilar talablari bilan integratsiyalashuvi jarayonlarini tashkil ztish boʻyicha tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.  Markaz tomonidan xalqaro va mahalliy konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va munozaralar tashkil etiladi. Jurnallar, ilmiy maqolalar va kitoblar nashr etish, shuningdek, oliy taʼlim sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan faol shugʻullanadi.

Markaz jamoasi 1 nafar professor, 2 nafar dotsent, 5 nafar fan nomzodidan iborat.