
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori
Yakubov Shuxrat Ummataliyevich
Telefon: +998(71) 207-03-43 (102)
Email: sh.yakubov@devedu.uz
Faks: +998(71) 207-03-43 (102)
Qabul kunlari: Juma 15:00 – 17:00
Vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyish va qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
Markaz faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qilish;
Markaz apparat majlislari, vazirlik qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashining ijro organini boshqarish;
Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlari, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash va javobgarligi darajasini belgilash;
Markaz xodimlarini ishga olish va ishdan boʻshatish, ularning foliyatiga oid buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha taklif berish;
Markaz tarkibiy tuzilmasidagi barcha boʻlinmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, markazning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish;
Vazirlik bilan kelishilgan holda oʻz oʻrinbosarlari va bosh buxgalterni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
ichki tartib-qoidalarini joriy qilish va tasdiqlash;
xodimlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, intizomiy jazo choralarini qoʻllash;
Markaz daromadlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilish;
jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Biografiya

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori o’rinbosari
Do‘sanov Ravshan Halilovich
Telefon: +998(71) 207-03-43 (103)
Email: r.dusanov@devedu.uz
Faks: ++998(71) 207-03-43 (103)
Qabul kunlari: Sesh-Pay 15:00 – 17:00