Oliy taʼlimda adabiyotlar bilan ishlashni samarali tashkil etish
Muallif(lar): S.Mamatkulov Yo'nalish: Metodik qo'llanmalar - 2022 Nashryot: "Sano-standart" Nashr sanasi: Yanvar 10, 2023 ISBN: 978-9943-9096-8-7 Sahifalar: 34 Mamlakat: Uzbekistan Til: O'zbek O'lchami: 20x13 sm Fayl hajmi: 18.4 MB More DetailsMazkur metodik qoʻllanmada respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim muassasalarida talabalar hamda professor-oʻqituvchilarning oʻquv va ilmiy adabiyotlar bilan ishlashini tashkil qilish holati tadqiq etilgan. Shu bilan birga, ushbu faoliyatga oid xorij tajribasi ham qiyosiy oʻrganilgan. Olingan natijalar asosida oliy taʼlimda adabiyotlar bilan ishlashni samarali tashkil etishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Metodik qoʻllanma oliy taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar xodimlar hamda professor-oʻqituvchilar uchun moʻljallangan. Shuningdek, oliy taʼlim sohasida tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar ham oʻz tadqiqot mavzusi doirasida uslubiy qoʻllanmadan oʻrin olgan maʼlumotlardan foydalanishlari mumkin.