Oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy adabiyotlarni xarid qilish holati tahlil qilindi

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 114 ta davlat oliy taʼlim muassasalarining 107 ta (7 tasi yangi tashkil etilgan OTMlar)sida axborot-resurs markazlari mavjud boʻlib, umumiy adabiyotlar fondi
3 601 923 nomda, 24 119 406 nusxadan iborat.

Maʼlumot uchun: Oʻquv adabiyotlari fondi 1 134 237 nomda
(
12 535 698 nusxada), ilmiy adabiyotlar fondi 1 004 120 nomda
(
4 373 819 nusxada), badiiy adabiyotlar fondi 595 905 nomda
(
2 242 700 nusxada), xorijiy adabiyotlar fondi 199 427 nomda
(
1 098 399 nusxada), boshqa adabiyotlar fondi 668 234 nomda
(
3 868 790 nusxada).

Davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy adabiyotlar soʻnggi uch yil davomida 17 766 nomda 67 378 nusxada xarid qilingan. Bu esa jami xarid qilingan adabiyotlarning 5,3 foizini tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun: 2020-yilda 4 782 nomda 16 262 nusxada, shundan oʻquv adabiyotlari 3 417 nomda 13 235 nusxada, ilmiy adabiyotlar 707 nomda 1 319 nusxada, badiiy adabiyotlar 658 nomda 1 708 nusxada;

2021-yilda 5 279 nomda 17 402 nusxada, shundan oʻquv adabiyotlari 3 528 nomda 14 543 nusxada, ilmiy adabiyotlar 1 082 nomda 1 629 nusxada, badiiy adabiyotlar 669 nomda 1 230 nusxada;

2022-yilda 7 705 nomda 33 714 nusxada, shundan oʻquv adabiyotlari 5 316 nomda 27 784 nusxada, ilmiy adabiyotlar 1 630 nomda
3 690 nusxada, badiiy adabiyotlar 759 nomda 2 240 nusxada.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalariga xorijiy davlatlardan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish vakolati berilgan boʻlib, ular tomonidan 2022-yil davomida jami 4 112 nomda 20 654 nusxadagi xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar xarid qilindi.

Jumladan, Oʻzbekiston milliy universiteti 540 nomda,
540 nusxada,
Samarqand davlat universiteti 451 nomda, 616 nusxada, Toshkent moliya instituti 419 nomda, 495 nusxada, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 412 nomda, 578 nusxada, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 351 nomda, 2062 nusxada, Toshkent davlat transport universiteti 302 nomda, 477 nusxada, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 288 nomda, 310 nusxada, Samarqand davlat chet tillar instituti 149 nomda, 2684 nusxada, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 121 nomda, 1143 nusxada, Toshkent moliya institutlari tomonidan 116 nomda, 404 nusxadagi adabiyotlar xarid qilingan.

Lekin, akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan Qoraqalpogʻiston  tibbiyot instituti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Guliston, Termiz va Namangan davlat universitetlari tomonidan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar xarid qilinmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktyabrdagi 816-son qarorida xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasalarida komissiyalar tashkil qilish, komissiyalar tomonidan yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar guruhlarini belgilash, xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash, tasdiqlangan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatlarini Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markaziga taqdim etish belgilangan
boʻlsa-da, OTMlar tomonidan ushbu bosqichlar amalga oshirilmagan.

2020-2022-yillar davomida xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish faqatgina davlat oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari topilgan mablagʻlari hamda homiylar mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan.

Yuqoridagi tahlillar asosida quydagi takliflarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
    10-oktyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi 816-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
  2. Akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan mualliflik huquqi bilan xarid qilingan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro kelishuv shartnomasi asosida elektron almashuv amaliyotini joriy qilish.
  3. Akademik va moliyaviy mustaqil boʻlmagan davlat oliy taʼlim muassasalariga ham xorijiy davlatlardan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni mualliflik huquqi asosida toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga ruxsat berish.
  4. Davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar xaridi uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdorini oshirish.
  5. Davlat oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markaz-laridagi xalqaro ilmiy-taʼlimiy maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

 

 

Oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs
markazlari faoliyati
 hamda xorijiy oʻquv
adabiyotlari
monitoringi boʻlimi boshligʻi v.b                              M.Mamarasulov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan