Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 28-apreldagi “Oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari faoliyatini va oʻquv adabiyotlarini yaratish hamda nashr etish holatlarini oʻrganish toʻgʻrisida” 109-sonli buyrugʻiga koʻra Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan joriy yilning 2-11-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar, 12-19-may kunlari Toshkent shahri oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari faoliyatini va oʻquv adabiyotlarini yaratish hamda nashr etish holati oʻrganildi.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 115 ta davlat oliy taʼlim muassasalaridan 109 ta (6 tasi yangi tashkil etilgan) oliy taʼlim muassasasida axborot-resurs markazlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Axborot-resurs markazlarida umumiy adabiyotlar fondi
3 602 111 nomda, 23 539 800 nusxani tashkil qiladi shundan:
oʻquv adabiyotlari fondi 1 140 556 nomda (12 198 396 nusxada);
ilmiy adabiyotlar fondi 1 005 324 nomda (4 195 873 nusxada);
badiiy adabiyotlar fondi 633 252 nomda (2 316 824 nusxada);
xorijiy adabiyotlar fondi 178 560 nomda (906 999 nusxada);
boshqa adabiyotlar fondi 644 419 nomda (3 921 708 nusxada).
Axborot-resurs markazlarining umumiy fondida 9 249 180 nusxa oʻzbek tili (kirill), 2 746 343 ta oʻzbek tili (lotin), 9 743 432 ta rus tili, 656 023 ta ingliz tili, 1 281 622 ta nusxa boshqa tillardagi adabiyotlar mavjud.
Bugungi kunda yangidan tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarida fondlarning yetishmasligi muammosi mavjud.
Axborot-resurs markazlarida 2046 nafar xodimlar faoliyat olib boradi. Shundan oliy maʼlumotli xodimlar 846 nafar (293 nafar mutaxassis, 553 nafar nomutaxassis), oʻrta maxsus maʼlumotli xodimlar 1147 nafarni (736 nafar mutaxassis, 411 nafar nomutaxassis) tashkil qiladi. Axborot-resurs markazlarida jami 53 ta shtat birligi vakant.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil
24-dekabrdagi PQ–60-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2022-yil 7-yanvarda tasdiqlangan qaror ijrosini amalga oshirish grafigining 5-bandiga koʻra, “2022-yil yakuniga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxona fondidagi oʻquv va ilmiy adabiyotlarni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish hamda vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasini ishga tushirishni taʼminlash” vazifasi belgilangan.
Oʻrganishlarga koʻra, Axborot-resurs markazlari mavjud boʻlgan
109 ta oliy taʼlim muassasalarining 44 tasi barcha oʻquv va ilmiy adabiyotlarni toʻliq (100%) elektron shaklga oʻtkazgan boʻlsa-da, qolgan
65 tasida oʻquv va ilmiy adabiyotlarni elektron shaklga oʻtkazish ishlari oxiriga yetkazilmagan. Eng achinarlisi 65 ta oliy taʼlim muassasasining 28 tasida elektron shaklga oʻtkazish holati 50% ni ham tashkil qilmaydi.
Jumladan,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 2107 nomda (24,0%), Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti
1928 nomda (23,5%), Oʻzbekiston milliy universiteti 46803 nomda (20,6%), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 5775 nomda (12,4%), Andijon davlat chet tillar instituti 801 nomda (11,5%), Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti 256 nomda (8,3%), Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali 198 nomda (4,4%), Samarqand davlat universiteti 13471 nomda (4,1%), Toshkent davlat agrar universiteti 3722 nomda (3,6%) gi adabiyotlarni elektron shaklga oʻtkazgan xalos. Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali axborot-resurs markazi fondidagi mavjud adabiyotlarning birortasini elektron shaklga oʻtkazmagan. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 24-dekabrdagi PQ–60-son qaroridagi topshiriqning bajarilmasligiga sabab boʻlmoqda.
Oliy va oʻrtamaxsus taʼlim vazirining 2022-yil 13-iyuldagi
225-sonli buyrugʻi bilan vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi hamda yetakchi 67 ta oliy taʼlim muassasalari zimmasiga oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yuklash vazifasi topshirildi.
Tahlillarga koʻra “Elektron kutubxona” platformasiga Toshkent davlat transport universiteti (23912 nomda), Qoraqalpoq davlat universiteti (14954 nomda), Guliston davlat universiteti (11155 nomda), Buxoro davlat universiteti (10764 nomda), Andijon davlat universiteti (10431 nomda) eng koʻp oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yuklagan.
Biroq ushbu vazifaga ayrim oliy taʼlim muassasalari yuzaki munosabatda boʻlishi va ishning toʻgʻri tashkil etilmaganligi sababli belgilangan topshiriq oʻz vaqtida bajarilmasdan qolmoqda. Jumladan: Platformaga Toshkent davlat agrar universiteti 7845 dona (9,6%), Buxoro davlat tibbiyot instituti 1087 dona (8,6%), “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 3650 dona (8,5%), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2673 dona (7,3%), Toshkent davlat stomatologiya instituti 962 (dona 6,9%), Toshkent tibbiyot akademiyasi 269 dona (2,7%), Samarqand davlat veterinariya meditsina, chorvachilik va biotexnalogiyalar universiteti 1454 dona (1%), Oʻzbekiston milliy universiteti 632 dona (0,4%) eng kam oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yuklagan.
Eng achinarlisi Buxoro davlat tibbiyot instituti soʻngi 3 oy mobaynida, Toshkent axborot texnalogiyalar unversiteti va Oʻzbekiston milliy universiteti soʻngi 1 oy mobaynida platformaga birorta adabiyot yuklanmagan.
Bundan tashqari, oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarida talabalarga elektron (onlayn) xizmat koʻrsatish ishlari ham talab darajasida emas:
Ayni vaqtda oliy taʼlim muassasalari Axborot-resurs markazlari tomonidan foydalanuvchilarga oliy taʼlim muassasasining ichki elektron kutubxona tizimlari, telegram kanallari va vazirlik huzuridagi “Elektron kutubxona” platformasi orqali elektron xizmat koʻrsatilmoqda.
Oʻrganishlar davomida Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti, “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni taʼminlaydigan elektron xizmat koʻrsatish ishlari qoniqarsiz holatda.
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy adabiyotlar xaridi masalasi:
Soʻnggi uch yil davomida davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan 17 766 nomdagi (67 378 nusxa) xorijiy adabiyotlar xarid qilingan. Bu esa jami xarid qilingan adabiyotlarning 5,3 foizini tashkil qiladi.
Maʼlumot uchun: Uch yilda 17766 nomda (67378 nusxa), shundan oʻquv adabiyotlari 12261 nomda (55562 nusxa), ilmiy adabiyotlar 3419 nomda (6638 nusxa), badiiy adabiyotlar 2086 nomda (5178 nusxa) xarid qilingan.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalariga xorijiy davlatlardan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish vakolati berilgan boʻlib, ular tomonidan 2022-yil davomida atiga 4 112 nomda (20 654 nusxa)gi xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar xarid qilingan.
Lekin moliyaviy mustaqillik berilgan boʻlsa-da Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti, Guliston, Termiz va Namangan davlat universitetlari tomonidan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar xarid qilinmagan.
Oʻrganishlarga koʻra 75 ta oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlariga yuqoridagi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlari (IRBIS, AKBT, ARMAT, KARMAT va KADATA) oʻrnatilgan boʻlib, shundan 47 ta oliy taʼlim muassasasi axborot-resurs markazidagi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimining texnik taʼminoti (ARMAT, KARMAT va KADATA) toʻxtagan, 7 ta oliy taʼlim muassasasida eskirgan, 39 ta oliy taʼlim muassasasida avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi yoʻlga qoʻyilmagan.
Natijada, davlat oliy taʼlim muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimining eskirganligi va yoʻqligi sababli axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish sohasida bir qator muammolar saqlanib qolmoqda:
birinchidan, axborot-resurs markazlarida barcha kitoblar, jurnallar va hujjatlarni qayd qilish, kutubxonaga aʼzo boʻlganlarni roʻyxatga olish, buyurtmalarni shakllantirish, kirim qilinayotgan kitoblarni roʻyxatga olish kabi ishlar qogʻoz hujjatlar orqali yuritilmoqda. Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmagan;
ikkinchidan, adabiyotlarga klassifikator boʻyicha indekslar qoʻyish, bibliografik yozuvlarni shakllantirish va yigʻma elektron kataloglarni yaratish imkoniyati mavjud emas;
uchinchidan, fakultetlar, oʻquv binolari va talabalar turar joylaridagi kutubxonalar bilan ichki aloqa tizimi mavjud emas.
Tahlillarga koʻra, bir yil davomida davlat oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarida yuritilayotgan qogʻoz hujjatlar uchun oʻrta hisobda 3,0 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ sarflanmoqda.
Foydalanuvchilar sonining oʻsib borishi, kirim qilinayotgan adabiyotlar va qogʻoz materiallari narx-navosining oshishiga mutanosib ravishda sarf-xarajatlar hajmi ham oshib bormoqda.
Axborot-resusr markazlarining moddiy-texnika bazasi.
Bugungi kunda 109 ta oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarining 41 tasi alohida binoda, 66 tasi moslashtirilgan binolarda faoliyat olib bormoqda.
Barcha davlat oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarida jami 448 ta oʻquv zallari mavjud boʻlib, undagi oʻrinlar soni 22 228 tani tashkil qiladi.
Oliy taʼlim muassasalari Axborot-resurs markazlarida talabalar va professor-oʻqituvchilarning kitob oʻqishi uchun ajratilgan oʻrinlar soni yetarli emas, moddiy-texnika bazasi foydalanuvchilar soniga muvofiq emas.
Jumladan, Andijon davlat pedagogika instituti ARMda 80 ta (umumiy talabalar soni 6454 nafar), Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti ARMda 80 ta (umumiy talabalar soni 6975 nafar), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali ARMda 39 ta (umumiy talabalar soni 3487 nafar), Shahrisabz davlat pedagogika instituti ARMda 75 ta (umumiy talabalar soni 6725 nafar), Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ARMda 35 ta (umumiy talabalar soni 3452 nafar),Termiz davlat pedagogika instituti ARMda 90 ta (umumiy talabalar soni 9320 nafar), Buxoro davlat pedagogika instituti ARMda 80 ta (umumiy talabalar soni 8504 nafar), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ARMda 123 ta (umumiy talabalar soni 13166 nafar), Fargʻona davlat universiteti ARMda 240 ta (umumiy talabalar soni 31993 nafar), Nukus davlat pedagogika instituti ARMda 168 ta (umumiy talabalar soni 18213 nafar), Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti ARMda 18 ta (umumiy talabalar soni 3315 nafar), Guliston davlat pedagogika instituti ARMda 30 ta (umumiy talabalar soni 20195 nafar) oʻrin mavjud. Ayniqsa, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali axborot-kutubxona yoʻnalishida kadr tayyorlasada axborot-resurs markazi talabga javob bermaydi.
Oliy taʼlim muassasalari Axborot-resurs markazlarida ehtiyojdan (talabalar soni) kelib chiqqan holda kompyuter bilan taʼminlanganligi talab darajasida emas. Ayniqsa, Jizzax davlat pedagogika universiteti ARMda 70 ta, (umumiy talabalar soni
22240 nafar), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ARMda 41 ta, (umumiy talabalar soni 13166 nafar), “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ARMda 30 ta, (umumiy talabalar soni
10400 nafar), Oʻzbekiston milliy universiteti ARMda 85 ta, (umumiy talabalar soni 32780 nafar), Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti ARMda 18 ta, (umumiy talabalar soni 6975 nafar), Nukus davlat pedagogika instituti ARMda 46 ta, (umumiy talabalar soni 18271 nafar), Fargʻona davlat universiteti ARMda 80 ta, (umumiy talabalar soni
31993 nafar), Toshkent davlat texnika universiteti ARMda 51 ta, (umumiy talabalar soni 22709 nafar), Shahrisabz davlat pedagogika instituti ARMda 15 ta, (umumiy talabalar soni 6725 nafar), Toshkent davlat pedagogika universiteti ARMda 52 ta, (umumiy talabalar soni
24008 nafar), Samarqand davlat universiteti ARMda 52 ta, (umumiy talabalar soni 25176 nafar), Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti ARMda 6 ta, (umumiy talabalar soni 3269 nafar), Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali ARMda 2 ta, (umumiy talabalar soni 1432 nafar), Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ARMda
35 ta, (umumiy talabalar soni 4178 nafar) “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti ARMda 32 ta (umumiy talabalar soni 3924 nafar) kompyuter jamlanmasi mavjud.
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali axborot-resurs markazlarida xodimlar uchun alohida xonalar mavjud emas.
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali yangi tashkil etilganligi sababli axborot-resurs markazi uchun 1 ta xona ajratilgan. Talabalar uchun oʻquv oʻrinlari, kitoblar yetishmaydi. Kompyuterlar mavjud emas.
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali, Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida talabalar gavjum boʻladigan joylarda elektron (QR-kod) doskalar tashkil etilmagan.
Barcha davlat oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarida xodimlar uchun ajratilgan 1 178 ta kompyuterdan 1 154 tasi yaroqli. Shuningdek, Milliy estrada sanʼat instituti, Namangan davlat pedagogika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali hamda Guliston davlat pedagogika instituti xodimlari toʻliq kompyuterlar bilan taʼminlanmagan.
Oʻrganishlarga koʻra ayrim filiallari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari rektorlari oʻz filiallaridagi axborot-resurs markazlaridagi shart-sharoitlar bilan tanish emas. Ayrim filiallar axborot-resurs markazlarida talabalar, professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, adabiyotlar fondi va moddiy-texnik taʼminot umuman talabga javob bermaydi.
Oʻrganish natijasida axborot-resurs markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish boʻyicha bildirilgan taklif va mulohazalar asosida quyidagi vazifalarni amalga oshirish dolzarb hisoblanadi:
– axborot-resurs markazida faoliyat olib borayotgan, koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlgan 1147 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli xodimni markazlashgan holda sirtqi taʼlim bosqichida oʻqitishni tashkil etish;
– oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari uchun yaratilgan yagona “Elektron kutubxona” tizimiga oʻquv va ilmiy adabiyotlarni doimiy ravishda joylab borish;
– davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxona fondidagi oʻquv va ilmiy adabiyotlarni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish choralarini koʻrish;
– oliy taʼlim muassasalarida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha zarur xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish hamda xarid qilishni tashkil etish;
– moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan mualliflik huquqi bilan xarid qilingan xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro kelishuv shartnomasi asosida almashuv amaliyotini joriy qilish;
– oliy taʼlim tizimida sifat samadorlikni taʼminlash, talabalar, tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilarga qulay va sifatli zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish maqsadida zamonaviy avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlari va RFID qurilmalarini davlat oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xarid qilinishini tashkil qilish.
– axborot-resurs markazlarida talabalar va professor-oʻqituvchilarning kitob oʻqishi uchun ajratilgan oʻrinlar sonini koʻpaytirish, moddiy-texnika bazasi foydalanuvchilar soniga muvofiqligini taʼminlash;
– axborot-resurs markazlarida ehtiyojdan (talabalar soni) kelib chiqqan holda kompyuter bilan taʼminlanlash choralarini koʻrish;
– barcha xodimlar uchun har 3 yilda bir marotaba markazlashgan malaka oshirish kurslarini, shuningdek, oʻzaro tajriba almashish maqsadida respublika va hududlar doirasida seminar-treninglar tashkil etish;
– axborot-resurs markazidagi oʻquv zallarini zamon talablariga mos holatda jihozlash, jumladan, professor-oʻqituvchi va talabalarga dars qilish uchun qulaylik yaratish maqsadida zarur texnika va sovutish vositalari (konditsioner) hamda oʻquv zallarini yumshoq mebellar bilan taʼminlash;
– axborot-resurs markazida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun zaruriy mehnat sharoitlarini yaratish hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida oylik maoshi miqdorini oshirish.
Oliy taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlari faoliyati hamda xorijiy oʻquv adabiyotlari monitoringi boʻlimi boshligʻi v.b |
M.Mamarasulov |