Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bosh mutaxassisi B.Xolmirov Qirg’izistonda Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyoda inson huquqlari muammolari” yozgi maktabida ishtirok etdi. Ushbu “Yozgi maktab”da Markaziy Osiyodan tanlab olingan 30 nafar ishtirokchilarga Amerikaning Thiel kolleji (Thiel College) professori Lana Kulik, Londondagi Inson huquqlari tashkiloti xodimlari va Markaziy Osiyodagi Amerika Universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruzalar o’qilib, seminar-treninglar o’tkazildi. Yozgi maktab yakunida ishtirokchilarga AUCA tomonidan sertifikatlar topshirildi.