Oliy taʼlim sifatini takomillashtirish masalalari boʻyicha davra suhbati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni amalga tatbiq etish markazida “Yevropa standartlari asosida oliy taʼlim sifatini oshirish muammolari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Kredit-modul sharoitida oliy taʼlim sifatini baholash boʻyicha Yevropa standartlari alohida eʼtiborga molik. Ushbu standartlar sifatni taʼminlash, dasturlarni ishlab chiqish, oʻqishga qabul qilish, oʻzlashtirish, talabalar safidan chiqarish, tan olish, sertifikatlash, professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqa masalalarni qamrab oladi.

Oliy taʼlim boʻyicha global trendlardan kelib chiqish taʼlim sifatini jahon standartlariga moslashtirishga imkon beradi. Taʼlim jarayonida qoʻllanilayotgan sunʼiy intellekt, onlayn bilim berish tizimi va virtual reallik texnologiyalari oʻquv jarayoni sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Oliy taʼlim mussalarida taʼlim sifatini ichki baholashda Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimlari muhim oʻrin tutadi. Davra suhbatida mazkur boʻlimlarning vazifalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tajribasi taqdimot qilindi. Ushbu universitetdagi taʼlim sifatini taʼminlash va ichki nazorat qilish tartibi hamda “Taʼlim sifati” kuni kabi tajribalarni ommalashtirishga kelishildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan