Vazifalar

OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH SOHASIDA:
• oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatida mehnat bozori talablari
va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida me’yoriy-uslubiy hujjatlar, malaka talablari, ta’lim dasturlarini tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish;
• hududlarni rivojlanish tendensiyalari va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash asosida oliy ta’limning hududiy iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha ilmiy asoslangan tahlillar tayyorlash hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
• oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, jahon ta’lim jarayonlariga moslashtirish va istiqbolli ta’lim yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
• oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini tartibga solishga oid takliflar ishlab chiqish;
• talabalar uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish hamda nashr etishni tashkil qilish, o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish davlat xizmatini ko‘rsatish;

• oliy ta’lim tashkilotlarining axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatini tashkil etish;
• oliy ta’lim tashkilotlarini davlat namunasidagi qat’iy nazorat ostidagi hujjatlar bilan ta’minlash, elektron bazasini shakllantirish va hisobini yuritish;
• iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika va xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish;
• “Yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatuvchi oliy ta’lim tashkilotlari “Registrator ofisi” faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashish.

 

O‘ZBEKISTONNI MINTAQAVIY TA’LIM HABIGA AYLANTIRISH SOHASIDA:
• oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani tadqiq qilish va natijalarini ommalashtirish;
• respublika oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuvi hamda global ta’lim ekotizimi bilan uyg‘unligini ta’minlash;
• “Study in Uzbekistan” platformasi orqali xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlari bilan tanishish va o‘qishga kirish imkoniyatlarini yaratish;
• “Study in Uzbekistan” platformaci orqali xorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlarda ta’lim yarmarkalarini tashkil etish;
• Markaz xodimlarini malaka oshirish uchun xorijiy davlatlarga
qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish;
• oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy davlatlarda marketing va
qabul ofislarini (Marketing and Recruitment office) tashkil etishga
ko‘maklashish;
• global ta’lim tendensiyalarini hamda YUNESKO, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlarning ko‘rsatkich va xulosalarini tahlil qilish natijasida oliy ta’lim tashkilotlarining strategiyasini shakllantirishga ko‘maklashish.