
Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yilning eng faol o‘quvchisi” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning mazkur bosqichida 5 nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilarning taqdimotlari baholandi.
Mazkur respublika ko’rik tanlovlarini yuqori saviyada tashkil etishdagi hamkorligi uchun Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining «TASHAKKURNOMA»si bilan taqdirlandi.