30-iyun – Yoshlar kuni

Qadrli yurtimiz yoshlari!

🇺🇿 30-iyun – Yoshlar kuni – bu kun sizlarning orzularingiz, fidokorona mehnatingiz, cheksiz salohiyatingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingizga bag‘ishlangan muhim sanadir.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi sizlarni samimiy qutlaydi!

Siz – ertangi kun bunyodkorlari, ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotiga yo‘l ochuvchi kuchsiz. Har biringizning bilimga bo‘lgan intiluvchanligingiz, yangilikka chanqoqligingiz va mehnatsevarligingiz – yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Ilm izlang, sadoqatli bo‘ling, orzularingiz sari dadil intiling. Yangi g‘oyalar, kreativ fikrlar va zamonaviy yondashuvlar bilan kelajakka yo‘l oching!

Har bir kuningiz izlanish, o‘sish va yutuqlarga boy bo‘lsin!

Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan