Oliy ta’limda halollik – ustuvor yo‘nalish!

Joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ta’lim tizimida korrupsiyaviy holatlarga barham berish, halol va shaffof muhitni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan markaziy apparat hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish tashkil etildi. 

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Inatillo Ne’matov, Bosh prokuratura mas’ul vakili Izzat Ochilov, Toshkent davlat yuridik universiteti professorlari Salomat Niyozova va Abrorjon Otajonovlar ishtirok etishdi. 

“Nol toqat” tamoyili asosida har bir rahbar va pedagog shaxsiy mas’uliyatni chuqur anglashi lozim”, – dedi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S. Buzrukxonov.

Yig‘ilishda tizimda ochiqlikni ta’minlash, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, ta’lim muassasalarida halollik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, anjumanda talabalarning huquqlarini himoya qilish, ularni korrupsiyaga qarshi madaniyat ruhida tarbiyalash, kadrlar tanlash va tayyorlashda halollik me’zonlariga amal qilish borasida tashabbuslar ilgari surildi.

Manba: https://gov.uz/oz/edu/news/view/50135

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan