Xitoy Xalq Respublikasidagi YUNESKO-ICHEI oliy taʼlim innovatsiyalari Markazi bilan onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi

2025-yil 19-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasidagi YUNESKO-ICHEI oliy taʼlim innovatsiyalari Markazi va Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi masʼul xodimlari o’rtasida dastlabki onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvda oliy taʼlimni rivojlantirish, raqamli transformatsiya va oliy taʼlimda sunniy intellektdan samarali foydalanish, xalqaro hamkorlik tadqiqotlari va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bilan birga hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan