
Bugungi kunda Axborot-resurs markazi fondi jami 87.720 nomda 642.669 nusxada chop etilgan nashrlardan tashkil topgan boʻlib, shu jumladan oʻquv adabiyotlar 46.822 nomda 288.986 nusxani, badiiy adabiyotlar 5.977 nomda 18.214 nusxani, ilmiy adabiyotlar 29.332 nomda 219.880 nusxani, xorijiy adabiyotlar 1.586 nomda 15.415 nusxani va boshqa turdagi adabiyotlar 4003 nomda 100.174 nusxani tashkil etadi. Hozirga qadar ARM fondidan jami 69.479 nomda oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy va boshqa adabiyotlar raqamlashtirilib, elektron pdf. formatga keltirildi.
Axborot-resurs markazining umumiy foydalanuvchilari soni – 12.174 ni tashkil etadi.
Universitet Axborot – resurs markazi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish, ularning intellektual salohiyatini, bilimini, maʼnaviy – ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida, kutubxonaning asosiy kutubxona – bibliografiya jarayonlarini avtomatlashtirish ishlari – IRBIS64+ tizimi hamda RFID texnologiyalari asosida amalga oshirilgan.
Hozirda kutubxonachilik prinsiplariga muvofiq tashkil etilgan, oʻz ichiga fondni toʻldirish, qayta ishlash, tizimlashtirish, predmet-lashtirish, saqlash va boshqa bir qancha jarayon hamda texnologiyalarni, shu jumladan katalog va maʼlumot – qidiruv apparatini elektron shaklda yaratishni olgan elektron resurslar majmui boʻlmish – Raqamli kutubxonani yaratish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Ushbu maqsadda,
- ARM fondida mavjud adabiyotlarni toʻla-toʻkis raqamlashtirilmoqda;
- Kutubxona zamonaviy axborot texnologiyalari hamda dasturiy taʼminot bilan taʼminlangan;
- ARM faoliyatiga universal IRBIS 64+ avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimini joriy etilgan;
- Kutubxona faoliyatida RFID tizimlari, jumladan, RFID kartalar; fondda mavjud adabiyotlarning yoʻqolishini oldini olish maqsadida mikrochiplar, foydalanuvchilarning kirib chiqishini nazorat qiluvchi turniket, oʻgʻrilikka qarshi darvozalar oʻrnatilgan.
- Axborot- resurs markazining oʻquv zallarida adabiyotlardan “Musta-qil foydalanish” (Otkrыtыy dostup) tizimi tashkil etilgan.
Buning asosida yangi axborotlarni tezkor usullarda uzatish, qabul qilib olish, saqlash va ularga ishlov berish imkoni mavjud boʻlib, avtomatlash-tirilgan kutubxonada elektron kataloglar, turli sohalarga doir axborot-larning maʼlumotlar bazasi, elektron katalog, maxsus elektron jurnallar va boshqalar yaratilgan.
Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish ishlari – IRBIS64+ tizimi hamda RFID texnologiyalari, jumladan “oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish elektron kiosk stansiyasi” asosida amalga oshirilgan.
ARMda internet tarmogʻining ishlash tezligi 600 mb/s, Tas-IX 1000 mb/s teng. Oʻquv zalida Wi-Fi zonalari mavjud boʻlib, kitobxon oʻz mobil telefoni orqali, hamda kutubxonada mavjud noutbuklardan kirib foydalanish imkoniyatiga ega.
ARM tomonidan INTERNET tarmoq tizimida quyidagi maʼlumot bazalari yaratilgan:
– https://library.tiiame.uz saytidagi Elektron kutubxonaga 4949 – universitet talabalarining aʼzoligi uyushtirilgan boʻlib, mavjud elektron resurslar soni 11.744 ni tashkil etadi.
– https://elibrary.tiiame.uz kutubxona saytining IRBIS64+ tizimidagi elektron kutubxonaga 13.702 nomdan ziyod elektron resurslar joylash-tirilgan.
– Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Unilibrary – yagona elektron kutubxona axborot tizimida “TIQXMMI” MTU fondida mavjud 61.086 nomda oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy, badiiy va boshqa adabiyotlarning elektron resurslari joylashtirilgan.
ARMda universitet foydalanuvchilari uchun xorijiy va milliy ilmiy-taʼlimiy bazalar, jumladan,
- https://www.webofscience.com
- http://search.proquest.com/
- https://www.search.ebscohost.com
- http://library.pressdisplay.com/
- https://link.springer.com/
- https://www.bookshare.org/cms/
- diss.natlib.uz
- press.natlib.uz
- 10.natlib.uz dan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Axborot – resurs markazi zamonaviy mebellar va axborot texnologiyalari, jumladan kompyuterlar, printer, nusxa koʻchiruvchi apparat, skanerlar, planshet, noutbuk, turniket oʻtish jamlanmasi, inventarizatsiya uchun rider, oʻgʻrilikka qarshi tizim, mustaqil kitob berilishini taʼminlovchi RFID stansiya, sensorli infokiosklar va boshqalar bilan jihozlangan boʻlib, jismoniy imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun nogironlik aravachalari, ular uchun maxsus yoʻlakchalar, planshetlar mavjud.