Endi o‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazish my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushurildi.
Buning uchun my.gov.uz (https://my.gov.uz/) portali orqali “O‘quv adabiyotini ekspertizadan o‘tkazish (https://my.gov.uz/uz/service/1278)” xizmatini tanlang va arizangizni yo’llang.
Xizmat ko‘rsatish muddati — 30 ish kuni.
Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.