Xorijiy tillar fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi

11-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon va arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ishtirokchilarga omad tilab, olimpiada tartibi va jarayoni bilan tanishtirdilar.

Olimpiada davomida talabalar o‘z bilim va mahoratlarini test, yozma ish, tarjima va suhbat bosqichlarida sinovdan o‘tkazadilar. Mazkur tanlov til o‘rganuvchi yoshlarning tafakkurini kengaytirish va ularning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan