Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida 2025-yilning 4-dekabr kuni mamlakatimizda keng miqyosda oʻtkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” munosabati bilan “Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash” mavzusida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida xodimlari huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati xususida xodimlarga maʼlumotlar berildi.
Tadbirda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida tomonidan faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish hamda attestatsiya jarayonlarini tashkil etishda inson omilini cheklagan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida foydalanish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, innovatsion yondashuvlar xususida ham maʼlumotlar taqdim etildi.