13-dekabr kuni soat 10:30 da “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi” bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yirik anjumanda respublikamizning 200 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.
Forum doirasida taʼlim jarayonlariga sunʼiy intellektni jadal joriy etish, ilg‘or raqamli va intellektual texnologiyalar asosida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, oliy taʼlim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish, oliy taʼlim tashkilotlari o‘rtasida sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish va sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kompleks foydalanish, innovatsion yondashuvlarni kengaytirish va taʼlim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida o‘tkazilmoqda.