Boshqarmalar

Oʻquv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish boshqarmasi

Zayniddinov Vohidxon Vositovich

Boshqarma boshlig‘i
 

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (107 ichki raqam)

Email: boshqarma@devedu.uz

Qabul kunlari: Payshanba 15:00-17:00

Nizom >

  • oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish maqsadida xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda respublikadagi taʼlim fan ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiyani tahlil qilib borish;
  • tahlillar asosida respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy ehtiyojlarini qamrab olinishini taʼminlashga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni muntazam ravishda takomillashtirib borish uchun yetakchi va turdosh oliy taʼlim muassasalari, Fanlar Akademiyasining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda respublika iqtisodiyot sohalarining yetakchi mutaxassis-olimlaridan iborat ijodiy ishchi guruhlar tarkibini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • ijodiy ishchi guruhlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish, zamon talablariga muvofiqligini taʼminlash ishlarini tashkil etish va oʻrnatilgan tartibda tasdiq va kelishuvga olib chiqish;
  • respublika taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari bilan taʼminlanganlik monitoringini olib borish;
  • taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarining taʼlim muassasalarida joriy etilishini tahlil qilib borish, xulosa va takliflar tayyorlash hamda ularning amaliyotga joriy etilishiga oid yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • taʼlim sifatini muntazam oshirib borish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlarni amalga oshirish, konferensiyalar (seminarlar) uyushtirish;
  • Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonining uzluksizlik va uzviyligini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlashga oid yoʻriqnomalar va meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
  • taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha tasarrufida taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan davlat va mahalliy boshqaruv organlari, jamgʻarmalar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini olib borish;
  • taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasi va professor-oʻqituvchilar tarkibining, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari talablari va meʼyorlariga muvofiqligini  tahlil qilish xulosa va takliflar tayyorlash;

Oliy taʼlim tadqiqotlari va statistik tahlil boshqarmasi

Axmedov Tuychi Adashevich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: (+998 71) 207-03-43 (104 ichki raqam)

Email: ts@devedu.uz

Qabul kunlari: Dushanba 15:00-17:00

Nizom >

  •  Respublika oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv-metodik taʼminotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

  • Oliy taʼlimning ilmiy-metodik taʼminoti boʻyicha sohaga oid ilgʻor xorijiy tajriba asosida yangi avlod kadrlarini tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

  • Oliy taʼlim muassasalariga respublika hamda xalqaro reytinglarga kirish boʻyicha metodik koʻmaklashish;

  • Oliy taʼlim faoliyatiga oid xalqaro grant va loyihalarda ishtirok etish, markaz xodimlarini xorijiy ilmiy stajirovka va xizmat safarlariga yuborish ishlarini tashkil etish;

  • Oliy taʼlim sohasidagi turdosh xorijiy markazlar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida xorijiy hamkorlar bilan bevosita aloqa oʻrnatish ishlarini tashkillashtirish;

  • Iqtidorli yoshlar qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish maqsadida tadbirlar tashkil etish, tashkiliy sharoitlar yaratishga koʻmaklashish hamda talabalar ijodiy va ijtimoiy faolligini rivojlantirish boʻyicha ilmiy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Oliy taʼlim muassasalarida iqtidorli va isteʼdodli talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish, ularni yanada takomillashtirish boʻyicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari va muayyan ilmiy-texnikaviy loyihalarni ishlab chiqish jarayonlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

  • Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oʻzbekistonda oliy ta’lim” jurnali hamda “Taʻlim, fan va innovatsiya” elektron ilmiy-uslubiy jurnalini chop etish va oliy taʼlim muassasalariga tarqatishni tashkillashtirish;

  • Oliy taʼlim tizimi faoliyatini ilmiy-metodik taʼminlash boʻyicha sohaga oid ilgʻor xorijiy tajriba asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha istiqbollarini belgilash va ommalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

  • Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashning huquqiy va metodik asoslari, ushbu sohadagi ishlarni jadallashtirish maqsadida oʻrganilgan ilgʻor tajribalarni ommalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Taʼlim jarayonlarini metodik taʼminoti boshqarmasi ​

Tajibayev Soyib Samijonovich

Boshqarma boshlig‘i

Telefon: +998(71) 207-03-43 (103 ichki raqam)

Email: dmsep@devedu.uz

Qabul kunlari: Dush – Chor 15:00 – 17:00

  • oʻquv adabiyotlarini tayyorlash tartibi hamda oʻquv adabiyotlarini yaratishga va ulardan oliy taʼlim tashkilotlarida foydalanishga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarida mavjud taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha fanlarning oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlanganlik holatini tahlil qiladi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv rejalari va fan dasturlarida tavsiya etilgan oʻquv adabiyotlarini yaratishni tashkil etadi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv adabiyotlarini yaratish faoliyati bilan bogʻliq ilmiy-uslubiy, tashkiliy-uslubiy ishlarni muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarida oʻquv adabiyotlari sifatini oshirish, raqobatbardoshlikka erishish, xorijda chop etilgan oʻquv adabiyotlarini oʻrganish, tahlil qilish va tarjima qilishni tashkil etadi;

  • oʻquv adabiyotlarini yaratish muammolari boʻyicha respublika ilmiy-uslubiy anjumanlari, seminarlari, tanlovlarini tashkil etishda qatnashadi;

  • mualliflar tomonidan yaratilgan oʻquv adabiyotlarini davlat xizmatlari asosida ekspertizadan oʻtkazish va chop etishga ruxsat berish ishlarini tashkil qiladi;

  • ekspertlar tomonidan markazlashgan mablagʻlar hisobidan nashr etishga tavsiya qilinadigan oʻquv adabiyotlarini chop etishni tashkil qiladi;

  • oʻz faoliyati doirasida Markaz tuzilmasiga kiruvchi boʻlimlar, oliy taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan nashriyot va bosmaxonalar bilan hamkorlik qiladi;

  • zamonaviy oʻquv adabiyotlarni yaratish boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari mutaxassislarining takliflarini tahlil qiladi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazlari faoliyatiga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazlaridagi kutubxona fondlaridan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar roʻyxati, ularni koʻrsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligini axborot-resurs markazlaridan foydalanish qoidalarida belgilash boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi va ijrosini nazorat qiladi;

  • kutubxona xizmatlari sifatini oshirish, axborot-resurs markazlarini moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, kutubxona-axborot jarayonlarini raqamlashtirish  boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazlari fondida mavjud adabiyotlarning monitoringini olib boradi va adabiyotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish jarayonini tashkil qiladi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazlari faoliyatiga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazlari fondlarining fizik holatini, xususan noyob fondlar va madaniy meros yodgorliklarining belgilangan talablar asosida saqlanishini taʼminlash ishlarini tashkil etadi;

  • oliy taʼlim tashkilotlarining axborot-resurs markazlarida mehnat sharoitlarini yaxshilashga va ularni kadrlar bilan taʼminlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi;

  • faol, fidoiy axborot-resurs markazlari xodimlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish, uzoq yillardan beri mazkur sohada ishlayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha tavsiyalar beradi;

  • kutubxona faoliyatiga oid xalqaro va respublika konferensiyalari va seminarlarini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va ishtirok etadi;

  • oliy va oʻrta maxsus taʼlim toʻgʻrisidagi diplom blankalarini tayyorlashga buyurtma berish, qabul qilish, hisobni yuritish, saqlash, topshirish va hisobdan chiqarishni tartibga soladi;

  • taʼlim muassasalarining real bitiruvchilari sonini hisobga olgan holda bitiruvchilarning diplomlarga boʻlgan ehtiyojini shakllantiradi;

  • davlat namunasidagi qatʼiy nazoratdagi hujjatlarni taʼlim muassasalarining buyurtmalari asosida chop etishni tashkil etadi;

  • oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini taʼlim toʻgʻrisidagi diplom blankalari bilan taʼminlashni tashkil etadi;

  • idoraviy boʻysunuvi va mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat blankalarining elektron bazasini yuritadi;

  • davlat xizmati asosida davlat namunasidagi qatʼiy nazoratdagi hujjatlarni haqqoniyligini aniqlash va dublikatlarini rasmiylashtirishni tashkil etadi;

  • Boshqarma faoliyatiga oid jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ijro intizomiga amal qiladi.