
Joriy yilning 7-mart kuni Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan «Olam go’zalligi – ayolda mujassam» deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Markaz direktori Mahmudjon Boltabayev Rustamovich va xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tabriklar, konsert dasturlari va taqdirlash ma’rosimi qizg’in ruhda bo’lib o’tdi. Markazning barcha xotin-qizlari esdalik sovg’alar bilan taqdirlanib, ularga iliq tabriklar bildirildi.
Bayramingiz bilan aziz ayollar!