
18-avgust kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev rahbarligida vazirlik huzuridagi Oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Kengash ishida Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi mas’ullari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, 26 taʼlim sohasi kengashlarining raislari hamda kadrlar buyurtmachilari boʻlgan hamkor tashlotlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Kengashda 2025/2026 oʻquv yili uchun ilgʻor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan 5 ta oliy taʼlim muassasasining 18 ta bakalavriat va 14 ta magistura mutaxassisligining “taʼlim dasturlari”, yaʼni malaka talabi, fan katalogi va oʻquv dasturini (sillabus) oʻzida jamlagan oʻquv-uslubiy hujjatlar kompleksi muhokama qilindi va yangi oʻquv yilidan sinov tariqasida joriy etilishi belgilandi.
Taʼlim dasturlari xalqaro taʼlim standartlariga integratsiyani kuchaytirib, kredit-modul tizimi orqali talabalarni xorijda taʼlim olish va tajriba almashish imkoniyatini kengaytirish, talaba-yoshlarning taʼlim maqsadlarini aniq belgilash orqali fanni chuqur oʻzlashtirish, kasbiy malakani uzviy rivojlantirish hamda ilmiy izlanishlarga keng imkoniyatlar yaratishi taʼkidlandi.
Shuningdek, kengashda yangi ochilgan 26 bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 107 ta magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari hamda fanlar kataloglari taʼlim sohalari boʻyicha kadrlari buyurtmachilari talablari hamda mehnat bozorining eng soʻnggi yutuqlari asosida takomillashtirilganligi qayd etilib, 2025/2026 oʻquv yilidan joriy etilishi belgilandi.