Moskvada joriy yilning 29-30-yanvar kunlari Rossiya taʼlim tizimini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan «Taʼlimni bashorat qilish: kelajak universiteti» nomli xalqaro ilmiy-metodik konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada «Kutubxonani bashorat qilish: ertangi kun kutubxonasini shakllantirish. Kutubxona axborot majmuasi» masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirda Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boʻlim boshligʻi Z.Zahidovaning «Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kutubxona xizmati sohasini rivojlantirish borasida islohotlar» mavzusidagi chiqishi mutaxassislarda katta qiziqish uygʻotdi.
Oʻzaro fikr va tajriba almashish maydoniga aylangan ilmiy muloqot yakunida, Axborot-resurs markazlari hamkorligini mustahkamlash boʻyicha muhim yoʻnalishlar belgilab olindi.







