Tojikistonda “Study in Uzbekistan” veb-portali taqdim etildi

2026-yil 6-aprel kuni Dushanbe shahrida Xorijiy davlatlar universitetlarining Uchinchi xalqaro festival-ko‘rgazmasi — “Tojikiston–2026” o‘z ishini boshladi.
 

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi hamda respublika oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Study in Uzbekistan” veb-portali taqdim etildi.

Taqdimot davomida xorijiy ishtirokchilar va yoshlar uchun O‘zbekistonda oliy ta’lim olish imkoniyatlari, hujjat topshirish tartibi hamda mavjud sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, iqtidorli xorijiy fuqarolar uchun ajratilishi rejalashtirilgan grantlar haqida ham ma’lumot taqdim etildi.

Festival dasturi doirasida “Ta’lim sifati va xalqaro standartlarga muvofiqligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, unda “Study in Uzbekistan” loyihasi yuzasidan ma’ruza qilindi.

Mazkur festival 10-aprelga qadar Dushanbe, Xo‘jand shaharlari hamda Dang‘ara tumanida davom etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan