
Tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
1️⃣ Ariza.
2️⃣ Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
3️⃣ Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4️⃣Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5️⃣ Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6️⃣ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
7️⃣ Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.
‼️
Barcha xujjatlar pdf shaklda tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim
daraja.ilmiy.uz sayti orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Qabul jarayonlari 5-oktabrdan 5-noyabrgacha davom etadi.