Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazda seminar o‘tkazildi

2025-yil 23-oktabr kuni Markazda faoliyat yuritayotgan xodimlar, tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun «Tadqiqotlar nazariy-metodologik asoslarini o‘rganish va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish» mavzusiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi. Ushbu seminarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ekspertlari tadqiqot ishida amaliy ekonometrika, yangi ilmiy natijalar olish uslubiyati, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, hayot davomida ta’lim olishda (LLL) kabi masalalar muhokama qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan