Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari joriy yilning 13-14-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Jumladan,
13-noyabr kuni soat 14:00 da “13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”;
14-noyabr kuni soat 09:30 da “13.00.07 – Taʼlimda menejment”;
14-noyabr kuni soat 14:00 da “13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”.
Imtihonlar o‘tkazish joyi: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, 2-Chimboy ko‘chasi, 96-uy (1-qavat, konferensiyalar zali)
Shu bilan birga, joriy yilning 12-noyabr kuni:
soat 10:00 da – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”; soat 11:00 da – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”; soat 14:00 da – “Taʼlimda menejment” fanlari bo‘yicha konsultatsiya o‘tkaziladi.
“Mutaxassislik fani” dan kirish imtihon DASTURLARINI quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.