
Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin dildan tabriklaydi!
O‘zbek tili – millatimizning bebaho boyligi, o‘zligimizni ifoda etuvchi qudratli vosita.
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va omonlik tilaymiz.