Bugun Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida oliy ta’limdan keyingi ta’limning doktorantura (DSc) va tayanch doktorantura (PhD) bosqichiga saralash sinovlari bo‘lib o‘tdi. Saralash sinovlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy tarmoqda mavjud (real) vaqt holatida uzatilib borildi.
Talabgorlar «Pedagogika» yo‘nalishining 13.00.01-«Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi» ixtisosligi, 13.00.02-«Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi» ixtisosligi hamda 13.00.07-«Ta’limda menejment» ixtisosliklari bo‘yicha tanlagan ixtisosliklarga saralash sinovlaridan o‘tdi. Saralash jarayonida talabgorlarning to‘plagan natijalari shu vaqtning o‘zida e’lon qilindi.