Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 71-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida Moliyaviy savodxonlik boʻyicha turkum fan olimpiadalarining Respublika bosqichi boshlanadi.
Olimpiada quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
Iqtisodiyot nazariyasi (A va B kategoriyalar)
Moliya
Soliq
Bank ishi
Iqtisodiy statistika va maʼlumotlar tahlili
Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Sana: 2-3-may
Bu nafaqat bilimlar bellashuvi, balki yangi imkoniyatlar va tajriba maydonidir. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!