Oliy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, taʼlim dasturlari sifatini oshirish, taʼlimda tadbirkorlik muhitini shakllantirish va bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha innovatsion yondashuvlar hamda samarali mexanizmlarni muhokama qilish, ishlab chiqish va ilgʻor tajribalar almashinuvini taʼminlash maqsadida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan 2026-yil 20-avgust kuni “Oliy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish: taʼlim dasturlari sifatini oshirish, taʼlimda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi. Konferensiya materiallarini elektron va bosma shaklda chop etish rejalashtiriladi.
Konferensiya quyidagi shoʻbalarda ish olib boradi:
1-shoʻba: Oliy taʼlim dasturlarini modernizatsiya qilish va taʼlim sifati menejmentining innovatsion modellari
2-shoʻba: Oliy taʼlim muassasalarida tadbirkorlik ekotizimini shakllantirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish
3-shoʻba: Bitiruvchilar bandligini taʼminlashda oliy taʼlim va mehnat bozori integratsiyasining institutsional mexanizmlari
4-shoʻba: Raqamli transformatsiya sharoitida oliy taʼlim: innovatsion pedagogik texnologiyalar va EdTech yechimlar
5-shoʻba: Oliy taʼlimning xalqaro integratsiyasi: akademik mobillik, qoʻshma dasturlar va global hamkorlik strategiyalari
Taqdim etilayotgan maqola va konferensiya materiallarini rasmiylashtirish tartibi:
Konferensiya materiallari elektron shaklda fayl koʻrinishida, Word 2003, 2007 formatida Times New Roman, 14 kegel, satrlar oraligʻi 1,5 sm, sahifalar chapdan va yuqoridan 2,5 sm, pastdan va oʻngdan 2 sm qoldirilgan holda taqdim etilishi lozim.
Birinchi qatorda, sahifaning oʻrtasida bosh va qalin harflar bilan maqolaning nomi, ikkinchi qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, uchinchi qatorda muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, toʻrtinchi qatorda matn yoziladi. Asosiy matn satrlar oraligʻi 1,5 sm intervalda, satr boshi – 1 sm, satrlarni eniga toʻgʻrilash, soʻzlarni boshqa qatorga koʻchirish – avtomatik tarzda boʻlishi lozim. Adabiyotlarning toʻliq roʻyxati asosiy matndan soʻng alifbo tartibida koʻrsatilishi lozim. Manba va adabiyotga havolalar asosiy matn ichida [1:1] koʻrinishda boʻlishi lozim. Taqdim etilayotgan maqola hajmi 4-6 sahifagacha. Maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolada annotatsiya va kalit soʻzlar talab etiladi.
Soʻnggi yalpi majlisda xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi. Matn ilmiy-uslubiy tahrir qilingan hamda shoʻbalarga mansubligi koʻrsatilgan boʻlishi shart (namuna ilova qilinadi). Talablarga javob bergan va tahrir hayʼati koʻrigidan oʻtgan maqolalar ilmiy toʻplamga kiritiladi. Maqolani nashr etish bepul. Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalar 2026-yilning 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. Tezis yoki maqolalarning ushbu havola orqali yuborishingiz mumkin. Tashkiliy qoʻmita maqolalarni konferensiya mavzusiga mosligi, ilmiy yangiligi, salohiyatiga qarab tanlab olish huquqiga ega. Tahrir hayʼati tomonidan nashrga tavsiya etilgan maqolalar chop etiladi.
Manzil: “Inno” Texnopark” MCHJga tegishli Toshkent shahri Olmazor tumani Universitet koʻchasi 2/1-uy.
Murojaat uchun: Usmonov Jaxongir Tel: +99894-588-16-88
Konferensiya oʻtkazish uchun masʼul: Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi.