Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 72-son buyrug‘iga muvofiq “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalari tashkil etildi. Joriy yilning 15–16-may kunlari kimyo fani bo‘yicha Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi Samarqand davlat universitetida yuqori saviyada o‘tkazildi. Olimpiadada respublikaning 34 ta oliy ta’lim muassasasidan 56 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
Olimpiada ikki bosqich asosida tashkil etilib, birinchi bosqich natijalariga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan uch nafar ishtirokchi final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra,
1-o’rinni Samarqand davlat universiteti talabasi Azimjon Toshtemirov,
2-o’rin Andijon davlat universiteti talabasi Qozoqov Azimjon Adhamjon o‘g‘li
3-o’rin Samarqand davlat pedagogika institut talabasi Raxmonberdiyeva Bernora Rustamovna egalladi.
Go‘lib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!
G‘oliblarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz va ularning kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz!





