Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan III Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Salomov O‘ktam Rahimovich boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida “Study in Uzbekistan” loyihasi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro jozibadorligini oshirish, xorijiy talabalarni mamlakat oliy ta’lim muassasalariga keng jalb etish hamda akademik almashinuvni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildI.

Mazkur tadbirda Xitoy tomonidan 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, innovatsion markazlar, kompaniyalar va biznes vakillari, O‘zbekiston tomonidan esa 50 ga yaqin vazirlik va idoralar, hududiy hokimliklar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar hamda xususiy sektor vakillari qatnashdi.

Forum davomida ilmiy-texnik innovatsiyalar, yashil rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, tibbiyot ta’limi, madaniy merosni asrash, transport bog‘liqligi, qayta tiklanuvchi energetika hamda cho‘llanishga qarshi kurashish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekistondan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan alohida uchrashuv tashkil etilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim eksporti salohiyatini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va istiqboldagi ilmiy loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvlarda “Study in Uzbekistan” dasturi doirasida xorijiy hamkorlar bilan yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ta’lim tashabbuslarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan