Moliyaviy xavfsizlik sohasidagi iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 20-apreldagi 149-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 6-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha turkum fan olimpiadalarining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Unda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan saralab olingan 155 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. Ular “Yurisprudensiya”, “Axborot xavfsizligi”, “Iqtisodiy xavfsizlik” va “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy xavfsizlik, huquqiy tahlil, iqtisodiy xavflarni baholash ҳамда axborot xavfsizligiga oid bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar I, II va III darajali diplomlar hamda Akademiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Yurisprudensiya” va “Iqtisodiy xavfsizlik” yo‘nalishlarida 3 nafardan, “Axborot xavfsizligi” va “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishlarida 2 nafardan – jami 10 nafar eng yuqori natija ko‘rsatgan talaba moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha nufuzli Xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun saralab olindi.
Mazkur olimpiada yoshlarning moliyaviy xavfsizlik sohasidagi bilimlarini yanada rivojlantirish, ularni xalqaro intellektual bellashuvlarga tayyorlash, shuningdek, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohalari uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan