Joriy yilning 13-avgust kuni Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazida, Markaz direktori Abduvali Xoliqov tashabbusi bilan «Xorijiy talabalarni Oʻzbekistondagi oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning amaldagi tartibi, xorijiy talabalar bilan ishlashdagi asosiy hujjatlar shakllari, viza berish tartibi, “Study in Uzbekistan” platformasi orqali arizalarni qabul qilishdagi texnik-dasturiy muammolar» va boshqa shu kabi masalalarga bagʻishlangan onlayn oʻquv-amaliy seminar(master-klass) bo’lib o’tdi.
O’quv amaliy seminarida Markazning «Study in Uzbekistan» platformasiga mas’ul xodimlari, Raqamli taʼlim va sunʼiy intellektni rivojlantirish markazi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy talabalarni qabul qilish va “Study in Uzbekistan” platformasiga masʼul boʻlgan boʻlinmalar va xodimlar ishtirok etishdi.
Mazkur o’quv-amaliy seminar davomida xorijiy talabalarni oʻqishga qabul qilish va “Study in Uzbekistan” platformasi bo’yicha ko’plab masalalar muxokama qilindi. Seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Yusupov Ibrohimbek va Navoiy davlat universiteti Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Sayidova Moxichexra tomonidan «Xorijiy fuqarolar bilan ishlashdagi asosiy hujjatlar toʻplami, viza berish tartibi va ular bilan ishlashda yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularning yechimlari» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etishdi.
Ushbu seminarda Oliy ta’lim tashkilotlari o’rtasida o’zaro tajriba almashilindi va ko’plab savollarga javob olindi. Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan «Study in Uzbekistan» platformasi bo’yicha ko’plab taklif va tavsiyalar berildi.


