Qirg‘izistonda “Study in Uzbekistan” veb-portali loyihasi namoyish etildi

Joriy yilning 10–11-avgust kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” tashabbusi bilan “O‘zbekiston–Qirg‘iziston biznes va ta’lim ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

Ko‘rgazmada oziq-ovqat, to‘qimachilik, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi ishlab chiqaruvchilar, yosh tadbirkorlar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi delegatsiyasi “Study in Uzbekistan” veb-portali loyihasi bilan ishtirok etdi.

Mazkur loyiha mamlakat oliy ta’lim jozibadorligini oshirish, xorijiy talabalarni jalb qilish, onlayn hujjat topshirish imkonini yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim olish va yashash bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etishni maqsad qiladi. Loyiha ko‘rgazma ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Shuningdek, tadbir doirasida B2B uchrashuvlar, yangi ta’lim loyihalarini taqdim etish, xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan