Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining navbatdagi koʻrgazmasi tashkil qilindi.

2026-yil 30–31-yanvar kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining navbatdagi koʻrgazmasi tashkil qilindi. Unda Oʻzbekistondan 8 ta oliy taʼlim tashkiloti ishtirok etdi.

Koʻrgazmada  “Study in Uzbekistan” veb-portali taqdimoti ham oʻtkazildi.

Shuningdek, Ozarbayjon universitetlari bilan uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Bunday tadbirlar Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaralari bilan dunyo hamjamiyatini yaqindan tanishtirish imkoniyatini yaratmoqda.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan