Markazda kitob burchagi tashkil etildi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-son qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi nazorat rejasining 1(4)-bandida ““Kitob burchaklari”ni tashkil etish” vazifasi belgilangan.
Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining Axborot-resurs markazlari faoliyatini monitoring qilish bo‘limida “Kitob burchagi” tashkil etildi.
Markazda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, intellektual muhitni yanada mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida maxsus “Kitob burchagi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur burchakda badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop nashrlar, turli sohalarga oid adabiyotlar va motivatsion kitoblar jamlangan bo‘lib, ular xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Kitob burchagi:
• intellektual salohiyatni oshirishga;
• mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga;
• ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Markaz jamoasini ushbu imkoniyatdan samarali foydalanishga chorlaymiz.

Kitob – bilim va taraqqiyot manbaidir!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan