OMOUS-2026: O‘zbekistonlik talabalar xalqaro matematika olimpiadasida yuqori natijalarni qayd etdi

2026-yilning 23–28-mart kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi (OMOUS-2026) bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli ilmiy bellashuv dunyoning turli chekkalaridan kelgan 600 nafardan ortiq eng iqtidorli talabalarni o‘z atrofida birlashtirdi.

📍 Olimpiadada O‘zbekiston, Tojikiston, Germaniya, BAA, Eron, Rossiya, Niderlandiya, Vengriya, Gretsiya va mezbon Turkmanistondan jami 87 ta jamoa ishtirok etib, matematika bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

⚡️Ushbu nufuzli xalqaro maydonda respublikamizdagi 26 ta oliy ta’lim tashkilotidan 151 nafar iqtidorli talabamiz vatanimiz sharafini himoya qildi. Shuningdek, 8 nafar tajribali professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat yuritdi.

 🏆O‘zbekiston yoshlari bu yilgi olimpiadada chinakamiga yuksak natijalarni qayd etishdi. Ular yakka tartibdagi bahslarda jami 103 ta, jamoaviy bellashuvlarda esa 57 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar!

👤 Yakka tartibdagi bahslar:

➡️A kategoriya (mutaxassislik bo‘yicha): talabalarimiz jami 51 ta medalni qo‘lga kiritib, ushbu toifadagi umumiy medallarning qariyb 33 foiziga egalik qilishdi.

🥇 Oltin: 3 ta
🥈 Kumush: 7 ta
🥉 Bronza: 41 ta

➡️B kategoriya (nomutaxassislik bo’yicha): bu yo‘nalishda ham yoshlarimiz 52 ta medalni qo‘lga kiritib, yuqori natija ko‘rsatishdi.

🥇 Oltin: 10 ta
🥈 Kumush: 9 ta
🥉 Bronza: 33 ta

👥 Jamoaviy bahslar:

Jamoaviy bellashuvlarda qatnashgan O‘zbekistonning 21 ta jamoasidan 12 tasi sovrindorlar qatoridan munosib joy oldi:

🥈 Kumush: 20 ta
🥉 Bronza: 27 ta

🎉Xalqaro maydonda Oʻzbekiston ilm-fani salohiyatini namoyon etib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targan barcha talabalarimizni va ularning ustozlarini chin dildan qutlaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan