Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi oʻz ishini boshladi

universitetlari kongressi” oʻz ishini boshladi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan, shuningdek Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan vazirlar, vazir oʻrinbosarlari hamda 300 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. 

Maʼlumot uchun, Kongressda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo davlatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek Oʻzbekistondan 80 dan ortiq oliy taʼlim muassasalaridan 200 nafardan ziyod vakillar qatnashmoqda.

Kongressning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Ilhom Siradjev, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, Polsha Respublikasi fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek, Tojikiston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Saidzoda Rahim Hamro, Polsha akademik oliy taʼlim muassasalari rektorlari konferensiyasi (CRASP) prezidenti Bogumila Kanevska hamda IREG Academic Ranking & Excellence Observatory prezidenti Valdemar Sivinski ishtirok etdi. Ular tomonidan taʼlim va ilm-fan sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga doir fikr va takliflar bildirildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan