2026 yilning 22 aprel kuni Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgor Matnazarova Mehribon Baxtiyorovnaning ilmiy ishi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 13.00.07 – “Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’limni xalqarolashtirish sharoitida intellektual harakatchanlikni rivojlantirishni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida tayyorlagan ish muhokamasida olimlar va soha mutaxassislari qatnashdi. Muhokamada dissertatsiyaning globallashuv davrida oliy ta’lim muassasalarining xalqaro nufuzini oshirish strategiyalari, intellektual harakatchanlikni boshqarishning innovatsion modellari, tadqiqot natijalarining oliy ta’lim tizimidagi amaliy ahamiyati kabi jihatlariga e’tibor qaratildi.


